La Liga prezidenti “Barselona” – “Vilyarreal” o‘yini AQShda bekor qilingani uchun norozilik bildirdi

  • 22.10.2025 14:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas “Barselona” va “Vilyarreal” o‘rtasidagi 17-tur o‘yinini AQShda o‘tkazish bekor qilinganidan so‘ng bayonot bilan chiqdi. Mazkur bellashuv 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.

“Bugun ispan futboli oldinga qadam qo‘yish, o‘zini jahon miqyosida namoyon etish va kelajagini mustahkamlash imkoniyatini boy berdi. Musobaqaning adolatliligi haqida gapirayotganlar yillar davomida hakamlar, rahbarlar va ommaviy axborot vositalariga bosim o‘tkazib, aynan shu adolatni shubha ostiga qo‘yishgan.

Men "Vilyarreal" va "Barselona"ga loyihaga qo‘shilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Ular faqat o‘z manfaatlarini emas, balki butun La Liga kelajagini o‘ylashdi. Biz Ispaniya futboli raqobatbardosh bo‘lib qolishi uchun, uni vayron qilmoqchi bo‘lganlarga qarshi, jiddiy va qat’iyat bilan ishni davom ettiramiz. Ispaniya futboli kelajakka qo‘rqmasdan, ambitsiya bilan qarashga loyiq. Bu safar biz maqsadga juda yaqin edik”, — deb yozdi Tebas o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!