
La Liga prezidenti: Birgina Messini deb reglament o‘zgartirilmaydi
La Liga rahbari Xaver Tebas "Barselona" Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash uchun reglamentni chetlab o‘tishi mumkinligi haqidagi mish -mishlarni rad etdi. Avvalroq, "Xetafe" prezidenti argentinalik futbolchini Ispaniyada saqlab qolish uchun liga rahbariyatiga murosaga kelishni tavsiya qilganini aytgandi.
“Ha, men klub bilan Messi haqida gaplashdim. Ammo u faoliyatini Kataloniyada davom ettirishi uchun reglamentga o‘zgartirish kiritish haqida gap bo‘lmadi", - dedi Tebas Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, olti karra "Oltin to‘p" sohibi hali ham rasman erkin agent hisoblanadi.
Bundan avvalroq "Barselona" hali yangi shartnoma imzolamagan Messini mashg‘ulotlarga qo‘ymasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar