La Liga prezidenti Tebas Xavining Messining 2023 yilda "Barselona"ga qaytishi haqidagi so‘zlarini rad etdi
Ispaniya La Ligasi prezidenti Xavjer Tebas "Barselona" sobiq murabbiyi Xavining hujumchi Lionel Messi 2023 yilda klubga o‘tmagani haqidagi so‘nggi da’volarini rad etdi.
"La Liga Messining 2023 yilda "Barselona"ga qaytishi bo‘yicha hech qanday ruxsat bermadi", - deya Tebasning so‘zlarini keltiradi The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida.
Xavi avvalroq Messining JCH-2022dan keyin "Barselona"ga qaytishi hal bo‘lganini aytgandi. Uning qayd etishicha, hujumchi qaytishni istagan va klubda La Ligadan ruxsatnoma bo‘lgan. Biroq, "Barselona" prezidenti Joan Laporta transferni to‘xtatdi va buni Messi qaytgan taqdirda maoshlar urushi avj olishi va klub bunga qurbi yetmasligi bilan izohladi.
Fikrlar
Saytingizdagi dark rejim funksiyasidan foydalanishda bir muammo kuzatildi. Dark rejim tugmasini bosib yoqqanimdan so‘ng, sahifadagi xabarni o‘qib bo‘lib boshqa xabarga o‘tsam, bosh sahifaga qaytsam yoki brauzerda bir qadam orqaga qaytsam — dark rejim o‘chib qolmoqda.
Foydalanuvchi sifatida, dark rejim bir marta yoqilgandan keyin boshqa sahifalarga o‘tilganda ham saqlanib turishi qulay bo‘lardi. Bu nafaqat ko‘zni asraydi, balki saytni yanada foydalanuvchi uchun qulay qiladi.
Shu sababli, dark rejim sozlamasini cookie yoki local storage orqali saqlab, foydalanuvchi boshqa sahifalarga o‘tganda ham u yoqilgan holatda qolishini ta’minlab berishingizni so‘rayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.