
La Liga rahbari Mbappening "Real"ga o‘tishi haqida gapirdi
La Liga rahbari "Real" Madrid PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olishiga ishonmoqda.
"Umid qilamanki, Mbappe La Ligaga o‘tadi.
Agar mendan muxlis sifatida so‘rasangiz, Mbappe shu yozda PSJni tark etadi, deb o‘ylayman, chunki UEFA moliyaviy jihatdan ancha nazoratga olingan va PSJda juda katta maosh bor. PSJ yukni tushirishi kerak.
O‘ylaymanki, "Real" Madridda bu transferni amalga oshirish imkoniyati bor", - deydi Xaver Tebas.
Ma’lumot uchun, so‘nggi vaqtlarda Mbappening "qirollik klubi"ga o‘tishi haqida xabarlar ancha ko‘payib bormoqda.
Fikrlar