La Liga. "Real" "Leganes" maydonida ochko yo‘qotdi

"Munisipal de Butarke" stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Birinchi bo‘lim so‘nggida Xonatan Silva o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Karim Benzema muvozanatni tikladi va shu hisob bahs so‘nggiga qadar o‘zgarishsiz qoldi.

Shu tariqa madridliklar hisobidagi ochkolar soni 61 taga etdi va jamoa turnir jadvalida hamon 3-o‘rinni egallab turibdi. "Leganes" esa 41 ochko bilan 11-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!