La Liga. So‘nggi daqiqalarda "kalla qo‘yish"dan charchamayotgan "Atletiko" alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi

  • 29.10.2022 21:17
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liga 12-turidan o‘rin olgan "Kadis" - "Atletiko" bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda mezbonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi. 

2:0 hisobida ortda borayotgan "matraschilar" 85 va 89-daqiqalarda urilgan gollar evaziga muvozanatni tikladi, ammo 90+7-daqiqada Sobrino gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Qayd etish lozim, Madridliklarning ilk golida Felishning zarbasidan so‘ng raqib futbolchisi o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ikkinchi golni esa portugalning o‘zi urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Хасанов Сахобиддин
29/10/2022 23:01
Атлетико хам узимизнинг Сугдиёнага ухшаб бораяптими