La Liga. "Valensiya" Madridda "Atletiko"ga mag‘lub bo‘ldi
Kecha shuningdek Ispaniya La Ligasida ham navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Hususan, 22-turning markaziy bahsi Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida kechdi. Unda maydon egasi hisoblangan “Atletiko” musobaqadagi eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan “Valensiya”ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuv taqdirini 59-daqiqada Korrea tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi.
“Atletiko” – “Valensiya” 1:0 (0:0, 1:0)
4 fevral «Vanda Metropolitano»
Gol: 1:0 – 59 Korrea.
“Atletiko” – Oblak, Vrsalko, Savich (Ximenes, 29), Godin (Xuanfran, 51), Lyuka Ernandes, Korrea, Koke, Saul, Ferreyra Karrasko (Gabi, 62), Grizmann, Diego Kosta.
“Valensiya” – Neto, Ruben Vezu, Garay, Gabriel, Gayya, Maksimovich (Soler, 65), Parexo, Kondogbia, Toni Lato (Rodrigo, 62), Dzadza, Santi Mina.
Ogohlantirishlar: Gabi (74), Gayya (90).



Fikrlar