La Liganing yana bir klubi maoshlarni qisqartirdi

  • 09.04.2020 19:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning "Selta" klubi futbolchilari koronavirus pandemiyasi davrida kamroq maosh olishadigan bo‘ldi.

Vigoliklar o‘zlarining rasmiy saytida ma’lum qilishicha, klub rahbariyati, futbolchilar, murabbiylar va tibbiy xodimlar maoshi kamaytiriladi. Biroq, ularning maoshi aynan qanchaga kamayishi hozircha ochiqlanmayapti.

“Selta” ayni damda La Ligada 27 turdan so‘ng 26 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!