Lamin Yamal final oldidan muammoga duch keldi
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 2026 yildgi jahon chempionati finali oldidan son qismida noqulaylik sezayotganini xabar qilindi. Bu haqida ispan nashri AS ma'lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi payshanba kuni jamoadan alohida, individual dastur asosida mashg‘ulot o‘tkazgan. Uning chap sonida maxsus bog‘lam borligi kuzatilgan. Shu bilan birga, jurnalist Alfredo Martines ma'lumotiga ko‘ra, Yamal final uchrashuvigacha to‘liq tayyor holatga kelishi kutilmoqda.
Jahon chempionati finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda Ispaniya va Argentina terma jamoalari to‘qnash keladi. Musobaqa AQSh, Kanada va Meksika hududlarida o‘tkazilmoqda. Yamal bu turnirda shu paytgacha yetti o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urdi.
19 yoshli Yamal "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 2023 yil aprelidan beri o‘ynab kelmoqda. Kataloniya klubi bilan birga u Ispaniya chempioni unvonini uch marta (2023, 2025, 2026), Ispaniya Superkubogini ikki marta (2025, 2026) qo‘lga kiritgan, shuningdek, 2025 yilda mamlakat kubogini yutib olgan. Milliy terma jamoa safida esa Yamal 27 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 12 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar