
Lamin Yamal tug‘ilgan kuniga yangi "afsonaviy" raqam oladi!
“Barselona”ning 17 yoshli etakchisi Lamin Yamal raqamini o‘zgartirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Managing Barça akkaunti xabar berdi.
Ma’lumki, Yamal klubda 19-raqam ostida to‘p tepyapti. Kelasi mavsumdan boshlab, mohir futbolchi 10-raqam ostida o‘ynaydi.
“Barselona” muxlislari 10-raqamni “afsonaviy”, deb hisoblaydi. Chunki bu raqam ostida jamoada Lionel Messi, Ronaldino va Diego Maradona singari jahon futboli yulduzlari to‘p tepgan.
Ayni paytda 10-raqam “Messining vorisi” deb e’tirof etilgan Ansu Fatiga tegishli.
Lamin Yamal 18 yoshga kiradigan kun – 13 iyulda bu raqamni sovg‘a sifatida qabul qilib oladi. Shu kuni u klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bitim rasmiylashtirilishi bilan Yamalning transferi uchun badal puli bir milliard evro miqdorida belgilanadi.
Fikrlar