Lamin Yamal uyida saqlanadigan eng qimmat narsani aytdi

  • 25.12.2025 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” klubi va Ispaniya milliy terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal uyida saqlanadigan eng qimmat narsa nima ekanini jamoatchilikka aytdi.

- Uyimdagi eng qimmat narsa – Frantsiya terma jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pimdir, - dedi Yamal Daily Mail jurnalistlariga.

Ispaniya milliy terma jamoasi Evropa chempionatining yarim finalida Frantsiya futbolchilarini 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘shanda ispanlarga qiyin g‘alaba kelirgan gollarga Lamin Yamal va Dani Olmo mualliflik qilgan.

Yakunda Ispaniya terma jamoasi hal qiluvchi final uchrashuvida ham Angliya vakillari  2:1 hisobida engib, “Evro-2024” g‘olibi bo‘lgan.

Yamal Ispaniya terma jamoasi safida jami 23 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!