“Lans” bu narxga Husanovni bermaydigan bo‘ldi!

  • 28 noyabr, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qishki transferlar davri yaqinlashgani sari Abduqodir Husanovning boshqa klublarga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar ham tobora ko‘payib bormoqda.

Evropa matbuoti o‘zbek futbolchisi faoliyatini qaysi klublardan davom ettirishi mumkinligi, 20 yoshli himoyachining transfer summasi qancha bo‘lishi, “Lans”ning o‘z kashfiyoti bo‘yicha rejalari haqida turli ma’lumotlarni chiqarmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tboriga Evropadagi manbalarning Abduqodir Husanov haqidagi axborotlarini havola qilishda davom etadi.

PARISFANS.FR:

2024-2025 yilgi mavsumning qishki transferlar oynasi yaqinlashib kelmoqda. Bir necha manbalar “Lans”ning o‘zbekistonlik markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov uchun kurashda “Pari Sen-Jermen” klubini favorit sifatida e’tirof etyapti.

Parijliklar sport direktori Luish Kampush 20 yoshli legioner haqida transfer ma’lumotnomasini tayyorlayapti. Shundan keyin ish rasmiy taklifga ko‘chishi kerak.

Hozirning o‘zida Husanov taxminan 20 million evroga baholanyapti. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, PSJ yanvarda bu transferni amalga oshirish imkoniyatidan foydalanib qolmoqchi.

Lansliklar yozda Nil Al-Aynaui va Kevin Dansoning barbod bo‘lgan transferlari zararini qoplash uchun 40 million evro atrofida pul topishi lozim. Shu bois, PSJ 20 million evroga baholanayotgan Husanovni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi uchun “Lans”ga taklif qilinadigan summani ko‘tarishi talab etiladi.

Imkonsiz ishning o‘zi yo‘q. Qolaversa, Husanov o‘yin darajasi keskin o‘sib borayotgan va katta salohiyatga ega o‘yinchi hisrblanadi. U jamoadan ketish ilinjida yurgan 29 yoshli Milan Shkrinyarning o‘rnini bemalol bosa oladi. Bu yog‘iga ish qanday kechishini kuzatish va yangilik kutish lozim.

LES-TRANSFERTS.COM:

PSJ mutasaddilari “Lans”ning iqtidorli o‘yinchisi Abduqodir Husanovni olish yo‘llarini qidiryapti. Bu transfer yanvarga mo‘ljallangan.

“Pari Sen-Jermen” qishki transferlar oynasi davrida tarkibdagi ayrim nozik nuqtalarni yangi o‘yinchilar bilan to‘ldirish imkoniyatidan foydalanib qolishni reja qilgan. Nishondagi futbolchilar orasida Abduqodir Husanovning nomzodi ko‘pchilikning e’tiborini  tortmoqda.

20 yoshli o‘zbekistonlik markaziy himoyachi parijliklar sport direktori Luish Kampushning transfer rejalarida muhim figuraga hisoblanadi.

PSJ keyingi paytda tarkibni sezilarli darajada yoshartirishga urg‘u qaratmoqda. Qolaversa, parijliklar o‘z safiga qo‘shib oladigan iqtidorli yosh o‘yinchilarni Liga 1 jamoalaridan topishga alohida e’tibor beryapti.

Abduqodirning “Lans” bilan hamkorlik shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Uning shiddatli o‘yin uslubi va futbolni tushunish darajasi Evropaning bir necha klublari e’tiborini jalb qildi.

“Lans” moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan bo‘lsa-da, Husanovni qishki transferlar davrida qo‘yib yubormasligi mumkin. Chunki bu ketishda mavsum oxirigacha futbolchining narxi yanada ko‘tariladi.

Husanovning taqdiri PSJ va “Lans” o‘rtasidagi muzokaralarning qanday kechishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar poytaxtliklar lansliklarni transferga ko‘ndira olsa, Abduqodirning faoliyatida yangi sahifa ochiladi...

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasi o‘rgangan. Professional futbolchilik faoliyatini Belarusning “Energetik-BGU” klubida boshlagan. 2023 yilning yozida “Lans” himoyachini 100 ming evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Evropa superklubi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi transferi bo‘yicha ish boshladi. Yangilik bo‘ladimi?

Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?

Fayzullaev, Ispaniyani tanla!

“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нодирбек Одилбек
28/11/2024 12:48
Бир гапни айлантириб ёзаверишдан чарчаб кетмадинглами, бошка мавзу йукми силарда.
&
Адхамжон Низомов
28/11/2024 12:34
Тугри фикр.Браво.
Pardayev Shavkat
28/11/2024 13:09
Бундан 3-4 йил олдин Англия футбол мактабларининг бирига 2 та 12 яшар болани олиб кетишган эди. Шулар ҳақида ёзинглар эй. Ёки, қаердан маълумот излашни билмайсиларми?! Унда йиғиштиринглар "карам шўрва"нгларни. Топиб олганларинг, Элдор, Аббос, Абдуқодир. Бу номлар атрофида турли, бўлган, бўлмаган гапларни ёзаверасилар. Ишларингдан, одамнинг энсаси қотади.
&
Баха 72
28/11/2024 07:49
Хусановни езаверасилар унга куз тегади езманглар илтимос. Уйнасин тажриба орттирсин хали еш . Пешонасида булсабошка жамоада уйнайверади. Бошка езадиган нарса йукми тугри езишни урганинглар.
&
Kristian Vieri
30/11/2024 07:34
Jonga tegdi shu bitta matnni har xil sarlavha bilan chiqarovishla