Husanovni mashhur futbolchiga qiyoslashmoqda! Frantsiya matbuoti o‘zbek legioneri haqida nimalarni yozmoqda?

  • 23 iyul, 2023, 21:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 19 yoshli markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Frantsiya vitse-chempioni – “Lans” tarkibiga qo‘shilishga yaqin turibdi. Hamyurtimiz transfer ishlarini yakunlash uchun Frantsiyada bo‘lib turibdi.

Ilgari Frantsiyada o‘zbek futbolchisi to‘p tepmagan. Shu bois, legionerimiz mahalliy muxlislar va mutaxassislar e’tiborini tortmoqda. O‘z navbatida, Frantsiya matbuoti o‘zbek futbolchisiga doir xabarlarni yorita boshladi.

Sports.uz nashri o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga frantsuz ommaviy axborot vositalari Abduqodir Husanov haqida yozgan ma’lumotlarni taqdim etadi.

0ntm79lNX84

Le11hdf.Fr sayti shunday yozmoqda:

“Lans” jamoasi bir necha transferlarni amalga oshirib, yangi nomlarni tanitishga bel bog‘lagan. Tarkibni kuchaytirgan futbolchilardan biri Abduqodir Husanov. 19 yoshli o‘zbek himoyachisi Belarus oliy ligasida o‘ynayotgan edi.

Husanovni Evropada buyuk kelajak kutmoqda. Uni bo‘lajak Rafael Varan, deb ta’kidlayotganlar ko‘payib bormoqda. Husanovni hali Evropada tanishmaydi. Chunki o‘ynayotgan chempionati mashhur emas.

19 yoshli o‘zbek futbolchini o‘zini xalqaro maydonda ko‘rsata oldi. 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida 1/8 finalgacha etib bordi.

“Lans” mutasaddilari ana o‘sha musobaqada o‘z yurti terma jamoasi etakchisi Abduqodir Husanovni kashf qildi. Yosh markaziy himoyachi to‘rtta uchrashuvda qatnashib, yuqori saviyada o‘yin namoyish qildi.

“Lans” o‘zbek futbolchisi uchun Evropaning kuchli chempionatidagi ilk tajriba maktabi bo‘ladi. Bundan tashqari, Husanov Evropa Chempionlar ligasida ham qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eng muhimi shuki, hammasi uning yangi muhitga qanchalik tez moslasha olishiga bog‘liq.  

Mashhur manbalardan sportbusinessmag.com sayti shunday yozmoqda:

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yosh himoyachisi Abduqodir Husanovning “Lans”ga o‘tayotgani faoliyatida katta qadam bo‘ladi. 19 yosh bo‘lishiga qaramay, u xalqaro maydonda katta tajriba to‘plashga ulgurdi.

20 yoshli futbolchilar ishtirokidagi jahon chempionatida Husanovning talanti mutaxassislar e’tiborini tortdi. Himoya chizig‘ini mustahkamlashni ko‘zlagan “Lans” ana o‘sha musobaqada o‘ziga mos o‘yinchini topdi.

Yosh futbolchi yangi jamoada oson bo‘lmasligini bilib turibdi. Shunga qaramay, jamoasi muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishga qat’iy bel bog‘lagan.

“Lans” muxlislari Husanovni chempionat o‘yinlarida tezroq maydonga tushishi istayapti. Ular bu futbolchi himoyani mustahkamlashiga ishonmoqda.

Yana bir manba – onefootball.com shunday munosabat bildirdi:

“Lans” jamoasi tarkibini iste’dodli yosh futbolchilar bilan to‘ldirishga e’tibor qaratmoqda. “Gavr” va “Nansi”dan Luik Bade va Kristover Vux ana shu maqsadda olib kelingan.

Endi bu jamoa 19 yoshli Abduqodir Husanovga suyanadigan bo‘lyapti.

O‘zbekistonlik himoyachi 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ynaganini inobatga olib, u Kevin Dansoning o‘rnini bosa olishiga umid qilish mumkin.

Husanov Frantsiyada o‘ynagan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanadi.

IMG_0182

Sport.Fr:

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 19 yoshli a’zosi Abduqodir Husanov tez orada “Lans” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Jahon chempionatida porlagan bu futbolchi o‘tgan hafta viza oldi. Endi u “Lans”ning himoya chizig‘ini mustahkamlashi mumkin. Husanov Frantsiya klubi uchun juda foydali transfer bo‘lishiga umid qilinyapti.

Shomurodov transferi hal bo‘ldi!

Shomurodov ana endi o‘ziga mos murabbiy va jamoa topdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бобурни Парпиев
24/07/2023 20:44
Трансфер суммаси хакида хам ëзилар ëки Сирми??
Samandar Isayev
24/07/2023 01:59
Gap yoq kelajagi porloq yigit
&
Боратов Даврон 1986 Кудаш
23/07/2023 22:19
Трансфер гап йук Хусанов Франция да якин орада АПЛ,ПЛ да хам узбек йигирлари курамиз худо хохласа
&
Jabborov Alisher
23/07/2023 21:13
Malades zòr kelgusi faoliyatiga omad