Laporta AQShdagi "Vilyarreal" bilan o‘yin haqida gapirdi

  • 08.10.2025 23:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning AQShda "Vilyarreal"ga qarshi rasmiy o‘yin o‘tkazishi haqida fikr bildirdi.

"Biz AQShdagi muxlislarimiz bilan yana uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapmiz va bu imkoniyatni bergani uchun La Ligaga minnatdorchilik bildiramiz.

Biz bu mamlakatga ko‘p yillardan beri tashrif buyurib kelamiz va "Barselona" qanday muhabbat uyg‘otishini har safar his qilamiz. Jahon darajasidagi klub sifatida bu orqali xalqaro muxlislarimiz bilan bog‘lanishni yanada mustahkamlaymiz, ayniqsa AQSh kabi muhim bozorda.

Mayamidagi rasmiy o‘yin — bu erda “Barselona” jamoasi katta jamoatchilikka ega — yuqori darajada o‘ynaydigan ikki jamoa ishtirokidagi ajoyib tomoshaga aylanadi", — dedi klub prezidenti Joan Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!