Laporta: Deku, mana shu futbolchini “Barsa”ga olib kel!
“Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta jamoa tarkibiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan o‘yinchini tanladi. Klub xo‘jayini sport direktori Dekudan meksikalik vunderkind Jilberto Moraning transferini tashkil qilishni talab qilmoqda.
Mora bor-yo‘g‘i 17 yosh bo‘lishiga qaramasdan, xalqaro e’tibor markazida. Uning “Tixuana” klubidagi ajoyib o‘yini “Barselona” va “Real” kabi ikki grantni jiddiy tashvishga solib qo‘ydi. Shu bois, bu “yulduzcha” atrofida yana jiddiy kurash boshlanishi mumkin.
“Barselona” yaqin yillarda klub nishonida bo‘lgan Endrik va Arda Gyulerni “Real” ilib ketganidan kuygan edi. Bu gal kataloniyaliklar “otni ertaroq qamchilamoqchi”.
Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, Jilberto Mora transferi masalasini Joan Laportaning shaxsan o‘zi nazoratga olgan.
“Barselona” xo‘jayinining fikricha, agar klub o‘yinchi uchun kurashda “Real Madrid” bilan yuzaga kelgan raqobatda yutmoqchi bo‘lsa, tez harakat qilish kerak.
“Real” esa, Jilberto Mora masalasida ham an’anaviy strategiyasiga amal qilmoqda, ya’ni yosh iqtidorlarni ularning qiymati ko‘tarilishidan oldin sotib olishga harakat qiladi.
Fikrlar