Asosiy mazmunga oʻtish

Laporta "Real"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarga jiddiy murojaat qildi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Klub prezidenti murabbiylarga ham gapirdi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "El-klasiko"dagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa futbolchilariga ruhiy ko‘mak berdi.

Kataloniyaliklar 10-tur doirasida "Real" bilan safarda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Natijada madridliklar jadvaldagi ustunligini 5 ochkoga etkazdi.

"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, "El-klasiko"dan bir kun o‘tib, Laporta jamoa bazasiga tashrif buyurib, futbolchilar oldida qisqa motivatsion nutq so‘zlagan. Uning bu harakati orqali jamoani qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatgan, chunki "Real"dan engilish ichkaridagi muhitiga ta’sir qilishi mumkin edi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Laporta bosh murabbiy Xans-Diter Flik va jamoaga ishonch bildirgan. Uning fikricha, "Barselona" hali ham barcha musobaqalarda chempionlik uchun kurasha oladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q