
"Latsio" futbolchisi uchun 3 ta grand klubdan jiddiy qiziqish paydo bo‘ldi
"Latsio" yarim himoyachisi Xoakin Korrea faoliyatini grand klublardan birida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashrining yozishicha, 26 yoshli argentinalik futbolchiga "Yuventus", "Milan" va "Atletiko" klublari jiddiy qiziqib qolgan. Rimliklar Xoakinning transferini 50 mln evroga baholamoqda.
Korrea joriy mavsum “Latsio” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar