"Latsio" o‘z to‘purarini qanchaga pullamoqchi?

  • 03.04.2020 14:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Latsio" klubi rahbariyati jamoa to‘purari hisoblangan Chiro Immobilening transfer narxini e’lon qildi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, italiyalik hujumchini sotib olmoqchi bo‘lgan jamoalar kamida 80 million evro to‘lashlari kerak. Unga esa "Napoli" va "Everton" klublari qiziqmoqda.

30 yoshli Immobile “Latsio” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum rimliklar safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 30 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!