"Latsio" posboni faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
23 yoshli darvozabon Xristos Mandas Rimning "Latsio" klubini kelgusi transfer oynasida tark etishi mumkin. Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar berdi.
Mandas jamoadagi holatidan norozi va faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Uni o‘z safiga qo‘shib olishga "Vulverxempton" qiziqish bildirgan.
Futbolchining bozor qiymati 10 million evroga baholangan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yana 4 yil davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Mandas "Latsio" safida 20 uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 bor darvozasini daxlsiz saqlay oldi.
Fikrlar