"Latsio" "Real" hujumchisiga "og‘iz solmoqda"

  • 02.08.2020 18:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Real” Madrid klubi hujumchisi Borxa Mayoral faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Marca nashrining yozishicha, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun “Latsio” da’vogarlik qilmoqda. Ushbu transfer rimliklarga 20 million evroga tushishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mayoral o‘tgan mavsumni “Levante” safida ijarada o‘tkazdi va La Ligada 34 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!