"Latsio" ustozi A Seriyaga qaytganidan afsusda

  • 24 noyabr, 2023, 17:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mauritsio Sarri Premer-ligadan A Seriyaga qaytishni xato, deb atadi. 

Italiyalik murabbiy 2018-2019 yillarda "Chelsi"ni boshqargan va klub bilan Evropa ligasida g‘olib chiqqan. Keyinchalik u "Yuventus"ga o‘tdi va bir yildan so‘ng Turin klubini ham tark etgan. 

"Yuventus"da faqat Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish istagi bor edi. Men u erga karerasi yakunlanishiga yaqin kelib qolgan bir guruh o‘yinchilar bilan o‘yin uslubini o‘zgartirishim kerak edi. Ishonchini yo‘qotgan jamoa bilan faqat Skudettoni qo‘lga kiritdim. 

Premer-ligani tark etishni xohlaganimda, xato qilganman. Italiyaga qaytish xato bo‘ldi", - dedi "Latsio"ni boshqarayotgan Sarri "La Repubblica" nashriga. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!