Laura Dalmayer Olimpiya o‘yinlari g‘olibi

CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o‘tkazilayotgan XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarining birinchi kunida xotin-qizlar biatlonning sprint poygalarida ishtirok etdi.

Tecno

7,5 kilometr masofaga o‘tkazilgan bahslarda germaniyalik Laura Dalmayer barcha raqiblarini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Undan 24,2 soniya ortda qolgan norvegiyalik Marte Olsbu kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, chexilik Veronika Vitkova+25,8 natija bilan Olimpiya o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Sports.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!