
Lazizbek Mullojonov va Mirazizbek Mirzahalilov Aleksandr Usik bilan bir oqshomda jang qilishi mumkin
26 avgust kuni Polshaning Vrotslav shahrida katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Asosiy jangda og‘ir vaznda 3 yo‘nalish chempioni Aleksandr Usik o‘z kamarlarini Deniel Duboisdan himoya qiladi.
Ushbu kechada o‘zbekistonlik bokschilar Lazizbek Mullojonov (3-0, 3KO) va Mirazizbek Mirzahalilov (3-0, 3KO) ham ringga ko‘tarilishi mumkin.
Lazizbek Mullojonov SPORTS.uz saytiga ma’lum qilishicha, uning raqibi hali mag‘lub bo‘lmagan bokschi, qozog‘istonlik Nursultan Amanjolov (5-0, 4KO) bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda viza olish bilan bog‘liq masalalarda ish olib borilmoqda.
Fikrlar