Leau “Milan”ning sirini ochib tashladi

  • 23.12.2020 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” tarkibida Evropa chempionatlari tarixidagi eng tezkor golni urgan portugaliyalik hujumchi Rafael Leau “Milan”ning ichki muhitiga tegishli ba’zi sirlarni oshkor qildi.

Leau jamoaning eng iqtidorli futbolchisi Daniel Maldini ekanini aytdi. Jamoada Maldinilar sulolasining vakiliga ko‘p narsa bog‘liq.

Milanliklarning eng tezkor futbolchisi sifatida Teo Ernandes e’tirof etildi. Leau yugurish bo‘yicha unga eta olmayotganini tan oldi.

Shuningdek, portugaliyalik futbolchi jamoadoshi Kastilexoning didsiz kiyinishi unga yoqmasligini ham qo‘shimcha qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!