Leaudan keyin "Milan"ni yana bir hujumchi tark etdi
Santyago Ximenes «Portu» safiga yo‘l oldi. Meksika terma jamoasi hujumchisi Santyago Ximenes yangi mavsumni Portugaliyaning mashhur klubi «Portu» tarkibida o‘tkazadi. «Milan» 25 yoshli forvardni arenda asosida portugaliliklarga topshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Arenda shartnomasi 2026/27 yildgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Kelasi yozda «Portu» futbolchini 18 million yevro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga, shartnomada Ximenesning muntazam maydonga tushishiga oid bir qator shartlar belgilangan bo‘lib, ular bajarilsa, transferni to‘liq amalga oshirish klub uchun majburiyga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Santyago Ximenes 2025 yil fevral oyida «Feyenoord»dan «Milan»ga o‘tgan edi. Italyan klubi o‘shanda meksikalik hujumchi uchun 30 million yevro to‘lgan.

Fikrlar