
"Leganes" "Real"ga qarshi bahs oldidan muxlislarga ajoyib syurpriz va’da qildi
Agar “Real” bugun mag‘lub etilsa, "Leganes" muxlislarini ajoyib syurpriz kutmoqda.
Klub rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra agar “Leganes” bugun “qirollik klubi” ustidan g‘alaba qozonsa, 8-15 aprel kunlari klub do‘konlaridan jamoa libosini sotib olgan muxlislarga ushbu futbolka uchun to‘langan mablag‘lar qaytarib beriladi. Ushbu loyiha muallifi jamoa hujumchisi Aleksandr Shimanovski hisoblanadi.
Ma’lumotlarga qaraganda bugungi o‘yin uchun jami 12 450 ta chipta sotilgan va shularning bor yo‘g‘i 50 tasi madridlik muxlislarga tegishli.
Eslatib o‘tamiz, “Real” ayni damda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda, “Leganes” esa 13-o‘rinda bormoqda. Ular o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar