Legionerimiz Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" (Madrid)ga qarshi o‘ynaydi

  • 6 avgust, 2024, 18:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gonkongning “Kitchi” klubi ertaga Ispaniyaning taniqli jamoasi – Madridning “Atletiko”siga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Tecno

Ma’lumki, ayni paytda “Kitchi” sharafini hamyurtimiz Sherzod Temirov himoya qilyapti va u ertaga ilk bor Diego Simeone boshchiligidagi klub bilan o‘ynaydi.

Aytish lozimki, Temirov faoliyatida ilk bor Antuan Grizmann to‘p surayotgan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Yaqinda Termirov “Kitchi” safida Tailanddagi yig‘inda Igor Sergeev jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida gol urgandi.

“Kitchi” – “Atletiko” o‘rtasidagi uchrashuv 7 avgust kuni markaziy “Gonkong” stadionida bo‘lib o‘tadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!