Legionerimiz erkin agentga aylandi

  • 9 iyul, 13:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

30 yoshli yarim himoyachi Asror G‘ofurov joriy mavsum avvalida Bangladesh chempionatiga qaytib, “Bashundxara Kings” bilan yarim yillik shartnoma imzolagandi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra bitim nihoyasiga etgani bois futbolchi erkin agentga aylandi va yurtimizga qaytib keldi.

Tecno

G‘ofurov u erda 5 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi va 1 ta golli pasni uzatdi.

Ta’kidlash joizki, 2021 yilning yarmidan 2024 yilgacha Bangladesh chempionatida to‘p surgan. “Saif Sporting” va “Bashundxara Kings” jamoalari sharafini himoya qilgan. O‘tgan yili yurtimizga qaytib ikkinchi davrani “Qizilqum” jamoasida o‘tkazgandi.

Bangladeshda chempionat sentyabr oyida boshlanadi. Hozircha Asror G‘ofurov keyingi faoliyatini qaerda davom ettirish borasida hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!