Legionerimiz moliyaviy muammo tufayli klubi bilan shartnomasini bekor qildi

  • 1 yanvar, 10:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

4 yanvar kuni 27 yoshga to‘ladigan yarim himoyachi Suhrob Nurulloev o‘tgan yilning boshida “Nasaf”ni tark etib, Malayziyaning “Kedax” klubiga ko‘chib o‘tggandi.

Faoliyatida ilk bor legionerga aylangan futbolchimiz u erda uchta musobaqada jamii 16 ta o‘yinda maydonga tushdi. 3 ta gol urib, 2 ta pasi gol bilan yakunlandi.

Endilikda Suhrob “Kedax”ni tark etdi. Bunga klubdagi moliyaviy qiyinchiliklar asosiy sabab bo‘lib qoldi. Holbuki, legionerimizni yana bir necha oylik shartnomasi mavjud. Biroq hamyurtimiz anchadan beri maosh olmayapti. Shu bois tuzilgan shartnoma bekor qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, klub maoshlarni to‘lash bo‘yicha futbolchimizdan muxlat so‘ragan. Shu kunlarda Nurulloev yurtimizga qaytadi. Ayni paytda uning xizmatiga qiziqish bilan qarayotgan bir qator klublar bor.

P.S. Tez orada Suhrob Nurulloev bilan suhbatni Sports.uz saytida o‘qiysiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!