Legionerimiz nega klubini o‘zgartirgani, OFK Kubogida nimaga erishmoqchiligi va boshqa mavzular haqida nimalar dedi?

  • 18 iyul, 2023, 00:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qo‘shni Tojikiston chempionatida to‘p surayotgan legionerlarimizdan biri hujumchi Akobir To‘raev bo‘lib, u “Esxata” sharafini himoya qilib kelayotgandi.

Tecno

Yaqinda hamyurtimiz jamoasini o‘zgartirdi. Endi To‘raev Kulobning “Ravshan” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Bu borada Sports.uz jurnalisti Tojikistonda Akobir bilan suhbatda bo‘ldi.  

- Akobir, o‘tgan oyda sizni “Esxata” safida ko‘rgandik, bu safar esa "Ravshan" jamoasidasiz va “Andijon”ga qarshi bahsda maydonga tushdingiz. Klubni o‘zgartirishingizga jiddiy sabab bormidi?

- Ha, “Esxata” klubi bilan kelisha olmadik. “Ravshan” yaxshi jamoa. OFK Kubogida ishtirok etadi. Shunga yarasha o‘z oldiga jiddiy vazifalarni qo‘ygan. Shuning uchun biz ikki tomonlama kelishuvga erishdik.

akobir to‘raev1_1

- “Andijon”ga qarshi ikki marta o‘ynadingiz, “Esxata” va “Ravshan” safida. Ikkala uchrashuv o‘rtasida qanday tafovutni sezdingiz?

- “Andijon” yaxshi shakllangan jamoa. Yil boshidan hamma o‘yinchilari bir-birini tushunishadi. Murabbiyining ko‘rsatmasini maydonda bajarishayotgani yaqqol ko‘rinyapti.

- “Ravshan” safida nimagaga erishishni ko‘zlayapsiz?

- Maqsad albatta yuqori. Xudo nasib qilsa, buning sababini qilib, maqsadga erishamiz. “Ravshan” bilan birgalikda Tojikiston chempionligi uchun kurashamiz, oxirigacha.

akobir to‘raev4

- Yangi jamoada Akobir To‘raev o‘z so‘zini ayta oladimi?

- Ha, ayta oladi.

- Nima deb o‘ylaysiz, nechta gol urishni mo‘ljallayapsiz?

- Nasib qilsa, 9 ta.

akobir to‘raev2_1

- Nima uchun aynan 9 ta?

- Bu ikkinchi davrada hujumchi uchun yaxshi sonlar.

- “Ravshan” jamoasi bosh murabbiyi Tohir Mo‘minov haqida nimalarni bilasiz?

- Tohir Rahimjonovich yaxshi inson va yaxshi mutaxassis. O‘zi ham ilgari futbol o‘ynagan. Shu bois futbolchilarni yaxshi tushunadigan murabbiy. Oldin “Andijon”da ko‘p yillar to‘p surganini aytib turadi.

- O‘zingiz uchun raqam tanladingizmi?

- Hozircha yo‘q.

akobir to‘raev_1

- “Ravshan” yaqinda OFK Kubogida qatnashadi. Sizda ham endi bunday imkoniyat bor. Bu borada o‘z oldingizga qanday maqsad qo‘yyapsiz?

- Maqsadim oliy. Yaxshi natija ko‘rsatib, kuchli chempionatlarda o‘zimni ko‘rsatmoqchiman.

- OFK Kubogida jamoani vazifasi qanday va bu turnirdan nima kutyapsiz?

- Avvalo guruhdan chiqmoqchimiz. So‘ngra, finalgacha borib g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!