Silva “Manchester Siti”ning eng ishonchli himoyachisi kimligini aytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov klublar miqyosida “Manchester Siti” sharafini himoya qilayotgani bois, sports.uz portali ushbu klubga oid yangilik, xabar va ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qiladi.
“Manchester Siti”ning sardori Bernardu Silva jamoaning tajribali himoyachisi Jon Stounzning maydondagi ishtiroki naqadar ahamiyatli ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
- Jon Stounz bizga zamonaviy futbolda markaziy himoyachi uchun eng muhim bo‘lgan xususiyatlarni beradi. Bu mening “Maechester Siti”dagi to‘qqizinchi mavsumim.
Shu paytga qadar Jon yuqori sport formada bo‘lgan paytda jamoa sezilarli darajada yaxshi o‘ynayotganini his qilib kelaman. Bu shunchaki tasodif emas. Jon Stounz noyob o‘yinchi, - dedi Bernardu Silva angliyalik jurnalist Jek Gogan bilan suhbatda.
Jon Stounz “Manchester Siti”da 2016 yildan beri to‘p tepib keladi. Joriy mavsumda barcha turnirlarda etti marotaba maydonga tushdi.
Tajribali himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Hali tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida bir qarorga kelgani yo‘q.
Avvalroq, Xosep Gvardiola ham Jon Stounzning jamoada qolishini kafolatlay olmasligini ta’kidlagan edi. Hozircha, angliyalik himoyachining “Siti”dagi kelajagi mavhum bo‘lib qolmoqda.
Mourino “Siti” yulduzini chaqiryapti
Turkiyadagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin o‘z yurtida “Benfika”ni boshqara boshlagan Joze Mourino o‘z odatiga ko‘ra, qo‘l ostidagi jamoaga mashg‘ur o‘yinchilarni jalb etishga harakat qilmoqda.
Mashhur murabbiy “Manchester Siti” sardori Bernardu Silva xizmatidan foydalanmoqchi. 2017 yildan beri “shaharliklar” sharafini himoya qilib kelayotgan portugaliyalik hujumkor futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi.
Mourino 31 yoshli o‘yinchini erkin agent maqomida “Benfika”ga qo‘shilishini istayapti.
Bernardu Silva “Mancheste Siti” safida klublar miqyosidagi nufuzli musobaqalarning deyarli barchasida bosh sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan. U muhitni o‘zgartirishni rejalashtiryapti.
Ayni paytda bu futbolchi oldida bir qator variantlar bor. Silva “Manchester Siti”ga kelganidan buyon 418 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 73 ta gol va 74 ta assist muallifi bo‘ldi.
Gvardiola qaltis savolga javob berdi
Jurnalistlar “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani jamoa etakchisi va yangi sardori Bernardu Silvaning klubdagi kelajagi haqida savolga tutdi.
Ma’lumki, 31 yoshli futbolchining “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Bernardu Silva muhitni o‘zgarishga qaror qilgan va jamoada qolmoqchi emas.
Ispaniyalik murabbiy portugaliyalik shogirdi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.
- Bernardu kelajagi haqida menga hali hech narsa degani yo‘q. Silva bizning sardorimiz, hammamiz uni yaxshi ko‘ramiz. Lekin u nima qilmoqchi ekanini bizga aytmadi, - dedi Xosep Gvardiola.
Bernardu Silva 2017 yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Portugaliyalik universal futbolchi jamoa bilan klublar miqyosidagi deyarli barcha nufuzlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan.
Silvaga Evropaning bir necha grand klublari va Saudiya Arabistonining qator badavlat jamoalari da’vogarlik qilayotgani aytilmoqda.
Husanov haqida so‘nggi ma’lumot!
Jarohati jiddiy emasligi aytilgan Husanov nega o‘ynamayapti?
Kannavaro O‘zbekiston termasini boshqarayotganiga e’tiroz bo‘ldi! Fanatlar boshqa fikrda
Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?



Fikrlar