Legionerimiz Rossiyaga qarshi O‘zbekiston qanday o‘ynashini aytdi?
Bizning o‘z futbolimiz bor
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Mahmud Mahamajonov Rossiya terma jamoasiga qarshi kutilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbolchining ta’kidlashicha, Rossiya terma jamoasi kuchli va yaxshi shakllangan tarkibga ega. Maxachqal’aning «Dinamo» jamoasi himoyachisiga ko‘ra, Toshkentdagi bellashuv tomoshabinlar uchun maroqli va kurashlarga boy o‘tadi.
«O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari hozir yaxshi klublarda to‘p surishyapti. Biz maydonda faqat himoyaga yopishib olamiz, deb o‘ylamayman. Initsiativani qo‘lga olib, o‘z uslubimizda o‘ynaymiz va o‘z futbolimizni namoyish qilamiz», — deya Mahamajonovning so‘zlarini keltiradi Sport24 nashri.
Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 17 noyabr sanasida esa Rossiya milliy jamoasi Venesuela terma jamoasiga qarshi BETBOOM brendi nomi ostidagi navbatdagi o‘yinni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Izohlar (0)