Legionerlarimiz. Azizning jamoasi yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Kecha Latviya chempionatida 14-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Aziz Ibragimov faoliyat olib boradigan Yurmalaning “Spartaks” jamoasi safarda “Venstpils”ga qarshi bahs olib bordi.
Ushbu o‘yin mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Aziz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lim avvalida hisob 2:0 ko‘rinishini olgan edi.
Latviya chempionati. 14-tur
“Ventspils” – “Spartaks” 4:0.

Fikrlar