
Legionerlarimiz. Bugun Koreyada o‘zbek derbisi bo‘ladi va boshqalar
Bugun Xitoy Futbol Assotsiatsiyasi kubogida 3-bosqich o‘yinlaridavon ettiriladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Axmedov faoliyat olib boradigan “Shanxay SIPG” klubi safarda “Shitszyachuan” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, Egor Krimets jamoasi ham bugun o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Yaponiyada esa hafta o‘rtasida J liga kubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Fozil Musaev faoliyat olib boradigan “Jubilo Ivata” safarda “Kashiva Reysol” mehmoni bo‘ladi.
Janubiy Koreyada esa “o‘zbek derbisi” bo‘lib o‘tadi. Bahodir Pardaev faoliyat olib boradigan “Bucheon” jamoasi o‘z maydonida Bahodir Nasimov to‘p tepadigan “Ansan”ni qabul qiladi. Mazkur bahs bizning vaqt bilan 15.00 da boshlanadi.
OFK kubogida esa 6-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Alisher Azizov xamda Abdulatif Abduqodirov faoliyat olib boradigan “Dordoy” jamoasi safarda Turkmanistonning “Oltin Asr” klubi bilan bahs yuritadi.
11.00 “Kashiva Reysol” – “Jubilo Ivata”(Fozil Musaev)
12.30 “Pekin Renxe” – “Beyjing Guoan”(Egor Krimets)
15.00 “Bucheon” – “Ansan Griners”(Bahodir Pardaev va Bahodir Nasimov)
16.35 “Shiszyachuan” – “Shanxay SIPG”(Odil Axmedov)
17.00”Oltin Asr” – “Dordoy”(Alisher Azizov va Abdulatif Abduqodirov)
Mazkur o‘yinlarning natijasini SPORTS.uz axborot-portalida kuzatib boring.
Izoh: O‘yinlar boshlanadigan vaqt Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
Fikrlar