Legionerlarimiz. Denisov 90 daqiqa o‘ynagan bahsda “Lokomotiv” 4 ta to‘p o‘tkazib yubordi

  • 26 aprel, 2017, 23:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Premer ligasida 25-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan “Lokomotiv” safarda “TsSKA”ga qashi bahs olib bordi.

Tecno

Asosan mezbonlar ustunligida o‘tgan bahsda “armiyachilar” Denisov jamoasiga zarracha imkoniyat qoldirmadi – 4:0. Hamyurtimiz mazkur bahsda to‘liq o‘ynadi.

Rossiya Premer ligasi. 25-tur

TsSKA – Lokomotiv 4:0 (3:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 11 Dzagoev, 2:0 – 39 Vitino, 3:0 – 45 Golovin, 4:0 – 52 Natxo.

TsSKA – Akinfeev, Vasin, Ignashevich, Fernandes (Toshich, 81), Berezutskiy, Vernblum, Natxo, Ionov, Golovin, Dzagoev (Nababkin, 17), Vitino(Chalov, 65).

Lokomotiv – Gilerme, Kverkveliya, V. Denisov, Yanbaev, Peychinovich, Miranchuk (Ignatev, 68), Tarasov (Barinov, 46), Fernandesh, Denisov, Maykon(Farfan, 46), Ari.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!