Legionerlarimiz. Fozil Musaev jamoasida mag‘lubiyat

  • 12 aprel, 2017, 21:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, bugun Yaponiyada J liga kubogi o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur musobaqaning 2-turida hamyurtimiz Fozil Musaev to‘p suradigan “Jubilo Ivata” jamoasi “Vegalta Senday” maydoniga safar uyushtirdi.

Tecno

Mazkur bellashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishdi. Musaev esa o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.

Mazkur mag‘lubiyadan so‘ng jamoa A guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Yaponiya J liga kubogi. 2-tur

“Vegalta Senday” – “Jubilo Ivata” 2:0

Gollar: Krislan 51, Takumi Sasaki 69.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!