Legionerlarimiz. Zoteevning jamoasi 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Bugun Janubiy Koreya K2 Ligasida 12-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtimiz Oleg Zoteev to‘p suradigan "Chonnam Dragons" klubi o‘z maydonida "Geongnam"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Zoteev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 42-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa, "ajdarlar" hisobidagi ochkolar soni 17 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
K2 Liga. 12-tur
"Chonnam Dragons" - "Geongnam" 1:1.
Fikrlar