Lempard "Chelsi"da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati jamoaning sobiq futbolchisi Frenk Lempardni bosh murabbiy lavozimiga tayinlashga yaqin turibdi.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 41 yoshli mutaxassis “aristokratlar” safida yiliga 4,5 mln evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Lempard 2001-2004 yillarda “Chelsi” sharafini himoya qilgan. U londonliklar safida 429 ta o‘yin o‘tkazgan va 147 ta ta to‘p kiritishga erishgan. U o‘tgan mavsum “Derbi Kaunti”ni boshqargan edi.



Fikrlar