Lempard "Chelsi"dagi ilk transferini amalga oshirdi

  • 12.01.2020 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiyaning "Tromse" klubi hujumchisi Brayan Fyabema "Chelsi"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 16 yoshli futbolchi “aristokratlar” safida muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va londonliklar bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. To‘liq shartnoma esa 16 fevral kuni, ya’ni Brayan 17 yoshga to‘lganida imzolanadi.

Ma’lumot uchun, Brayan Fyabema “Tromse” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Norvegiya U17 terma jamoasi safida 3 ta o‘yinda maydonga tushgan.

E’tiborlisi, Fyabema Frenk Lempard “Chelsi”ni bosh murabbiyi bo‘lgandan buyon sotib olingan ilk futbolchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!