Lempard "Chelsi"ga yangi darvozabon olib keladimi?
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa darvozaboni Kepa Arrisabalaganing klubdan ketishi borasidagi mish-mishlarga chek qo‘ydi.
"Men Kepaning o‘yinidan qoniqyapman va unda ishonchni ko‘ryapman. U shu erda, u bizning darvozabonimiz. Kepa bilan ishlashdan xursandman", - dedi angliyalik mutaxassis.
Arrisabalaga 2018 yil 80 mln evroga "Atletik"dan "Chelsi"ga transfer qilingan edi. 2019/20 yilgi mavsumda ispaniyalik posbon ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yganligi bois, asosiy tarkibdagi o‘rnini boy bergan edi. Uning "aristokratlar" bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar