Leonardo PSJning Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga ishonmoqda
PSJ sport direktori Leonardo parijliklarning bu mavsum Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
“Chempionlar ligasidan nega qo‘rqishimiz kerak? Odamlar har doim bizning Chempionlar ligasida g‘olib chiqishimizga shubha qilishgan. Ammo menda hech qanday shubha yo‘q. Bizning darvozabonimiz 3 marta EChLda g‘olib chiqqan. Shuningdek bizda eng zo‘r yosh futbolchilar bor”, - deydi Leonardo.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Borussiya” Dortmundga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar