Leonid Slutskiy iste’fo berdi
Gollandiya chempionati vakili "Vitess" klubi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy klub bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi. Mutahassis chempionat doirasida "Xerenven"dan (2:3) qabul qilinib olingan mag‘lubiyatdan so‘ng bu haqida aytib o‘tdi.
"Bunday yomon natija faoliyatim davomida birinchi marotaba yuz berdi. Vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qildim, ammo shunday davom eta olmayman. Klub va muhlislar qarashlarini inobatga olishimish kerak. Men amallay olmadimmi, demak boshqasi bunga urinib ko‘rishi kerak. Hali "Vitess"da barchasini to‘g‘rilash imkoniyati mavjud. Gollandiya, klub muhlislari va barchani sog‘inaman", - deya aytib o‘tdi Slutskiy.
Joriy mavsumda "Vitess" Gollandiya chempionatida 15 turdan so‘ng 23 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar