"Lester" a’zaliy raqiblar futbolchilarini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqda

  • 5 iyun, 2020, 16:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana katta ehtimol bilan yozda klub ro‘yxatini o‘zgartiradi.

Tecno

Mavsum so‘nggida "qizillar" bilan shartnomasi yakunlanadigan angliyalik futbolchi erkin agent maqomida klubni tark etadi.

Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, 32 yoshli ingliz "Lester" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan va yaqin vaqtlar ichida tomonlar kelishuvga erishishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Lallana xizmatlariga "tulkilar" bosh murabbiyi Brendan Rojersning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Lallana mersisaydliklar safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda bitta gol kiritib, ikkita golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!