"Lester" so‘nggi daqiqalarda "Tottenxem"dan 3 ta gol o‘tkazib yubordi va mag‘lub bo‘ldi (video)

  • 23 may, 2021, 22:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining so‘nggi 38-turida “Lester” o‘z maydonida “Tottenxem”ni qabul qildi.

Tecno

“King Pauer” stadionida kechgan dramatik o‘yin 2:4 hisobida “shporlar”ning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Tottenxem”ga g‘alaba keltirgan gollarni Xarri Keyn 41', Kasper Shmeyxel 76' (avtogol) va Garet Beyl 87', 90' kiritdi. “Lester” safida har ikkala golga ham Jeymi Vardi 18', 52' mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!