
Levandovski baribir ketadi
“Bavariya” to‘purari Robert Levandovski mavsum oxirida jamoasini tark etib, boshqa chempionatga o‘tishi kutilmoqda.
Bild nashrining yozishicha, polshalik hujumchi myunxenliklar bilan shartnomasi tugashini kutmaydi va hamkorlik tugashiga bir yil qolganda boshqa jamoaga ko‘chib o‘tadi.
So‘nggi yillarda Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida hammadan ko‘p gol urayotgan Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘layotgan klublar ham yo‘q emas. Ayrim manbalarda Robertning xizmatlariga “Manchester Yunayted”, Chelsi”, “Barselona”, PSJ kabi klublar jiddiy qiziqayotgani keltirilgan.
33 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 45 ta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar