Levandovski "Barsa"ga qarshi o‘ynashga tayyormi?

  • 20 oktabr, 10:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng zo‘r to‘purarlaridan  Robert Levandovskining klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Polshalik forvardning shartnomasi mavsum oxirida yakuniga ketadi.

Tecno

Kataloniyaliklarda 37 yoshli hujumchi bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoni bo‘lsa-da, sport direktori Deku bundan foydalanmoqchi emas.

Ispaniyaning Sport nashri polshalik jurnalist Mateush Sventsitskiga tayanib ma’lum qilishicha, Levandovski kelasi mavsumni Madrid superklubi “Atletiko”da boshlashi mumkin.

Manbaga ko‘ra, madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone Robert Levandovskining imkoniyatlariga yuqori baho bermoqda. Levandovski oldida “Milan” varianti ham turibdi. Italiyaliklar anchadan beri 37 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirib keladi.  

- “Milan” zaxira varianti. Tushunishimcha, Levandovski “Atletiko” hujum chizig‘ida Aleksandr Syorlott bilan birga o‘ynab katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin. Ilgari David Vilya va Luis Suares kabi yulduzlar “Barselona”dan “Atletiko”ga ko‘chib o‘tgan edi, - deydi  Mateush Sventsitski.

So‘nggi ma’lumotlarda aytilishicha, Levandovskining o‘zi “Barselona”da qolishni istayapti. Tajribali o‘yinchi buning uchun ikkinchi darajali rollarni bajarishga va maoshi pasaytirilishiga ham rozi. Agar klubda qolish imkoni bo‘lmasa, Robert Evropadan boshqa variantlarni ko‘rib chiqadi. Shuning uchun ham u Saudiya Arabistonidan kelgan takliflarni qabul qilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!