
Levandovski Ispaniya klubiga o‘tishi mumkin. Qizig‘i, bu "Real" ham, "Barselona" ham emas
"Bavariya"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski "Atletiko"ga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda El Chiringiuto TV telekanali.
Yuqoridagi manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi anchadan beri Ispaniyada o‘ynashni orzu qilib kelgan. Ammo shu bilan birga, hujumchi "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi ham mumkin. Biroq myunxenliklar unga hozircha yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q.
33 yoshli Levandovski joriy mavsum "Bavariya" safida barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar