Levandovski jarohat sabab “El-Klassiko”ni o‘tkazib yuboradi
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski chap sonining orqa qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi yaqin vaqt ichida maydonga chiqa olmaydi, uning tiklanish muddati jarohatning qay darajada tez tuzalishiga bog‘liq bo‘ladi. "Cope" nashrining yozishicha, Robert kamida uch haftaga safdan chiqqan va "El-Klassiko"da ham ishtirok eta olmaydi.
Ma’lumot uchun, forvard joriy mavsum kataloniyaliklar safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar