Levandovski Koutinoning "Bavariya"ga oson moslashib ketishiga ishonmoqda

  • 18.08.2019 14:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovskining fikricha “Barselona”dan ijaraga olingan vinger Filippe Koutinoga myunxenliklar o‘yiniga moslashib ketishi uchun u qadar ko‘p vaqt talab etilmaydi.

“Koutinoga “Bavariya”ga moslashib ketishi uchun ko‘p vaqt talab etilmaydi deb o‘ylayman. U ortiqcha qiyinchiliklarsiz jamoaga kirishib ketadi”, - deydi polshalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Koutino “Barselona”da 2018 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 76ta o‘yinda maydonga tushdi va 21ta gol hamda 11ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!