
Levandovski top-5da faqat bir futbolchidan ortda qolmoqda
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Bundesliganing 23-turida "Paderborn" (3:2) ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Shu bilan, 31 yoshli futbolchi Bundesliganing joriy mavsumidagi gollari sonini 25 taga etkazib oldi va chempionatning to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol etakchilik qilmoqda.
Top-5 ligalarning to‘purarlari orasida faqatgina "Latsio" forvardi Chiro Immobile (26 ta gol) polshalik hujumchidan ko‘proq gol ura olgan.
Fikrlar